Yaponiya sobiq bosh vaziri Abening qotili aqli raso deb topildi: U qasddan bosh vazirni o‘ldirgan
2022 yil iyul oyida Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abening o‘ldirilishi nafaqat uning vatani, balki butun jahon hamjamiyatini chuqur larzaga soldi. Abening dafn marosimiga yuzlab yuqori martabali xorijiy mehmonlar yig‘ilgandi.
Sobiq bosh vazir Sindzo Abeni otib o‘ldirgan yaponiyalik ishsiz Tesuya Yamagami majburiy psixiatrik tekshiruvdan so‘ng, qotillik paytida hushi joyida - aqli raso bo‘lgan deb topildi, deb yozadi “TASS” TBS telekanali efiriga tayanib.
Manbalarga ko‘ra, qotil yopiq tibbiy muassasadan Nara shahar politsiyasi qamoqxonasiga o‘tkazilgan. 13 yanvar kuni unga nisbatan qotillik va noqonuniy qurol saqlash aybi qo‘yilishi kutilmoqda.
Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Abe 8 iyul kuni Nera shahrida saylovoldi tashviqoti chog‘ida sodir etilgan suiqasddan so‘ng kasalxonada vafot etgan edi.
Yaponiyaning o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlarining sobiq dengizchisi Yamagami siyosatchiga orqadan kelib, uni ov miltig‘idan otgan. Surishtiruv chog‘ida u Abe oilasiga jiddiy moliyaviy muammolarni keltirib chiqargan "bir guruh odamlar" bilan bog‘liqligini tushuntirgan.
Keyinchalik qotil Abening Koreya totalitar sektasi – "Birlashtirish cherkovi" bilan aloqalari uni bu shafqatsiz jinoyatga undaganini tan oldi. Avvaliga uning gapi safsataga o‘xshagan, ammo uning gaplari tez orada hukmron Liberal-demokratik partiyadagi ichki tergov tomonidan tasdiqlangan - nafaqat Abe, balki deputatlarning kamida yarmi mazhabchilar bilan aloqador bo‘lib chiqadi.
"Yanvar oyi boshida ikki oy ichida to‘rtinchi vazir shubhali mazhab bilan aloqalari uchun iste’foga chiqqan va Abe qotiliga qarshi sud jarayoni qotgan nuqtasidan siljiy boshlagan ko‘rinadi" deyiladi «Lenta.ru» maqolasida.