Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Britaniya radiosi: "Butun O‘zbekiston ustimizdan kulyapti"

Emishki, issiq ob-havoga Britaniya temir yo‘llari dosh bermaydi. Buni isbotlash uchun mutaxassislar siz ko‘rib turgan suratni e’lon qilishdi.

Mazkur holat Britaniya radiostansiyalarining birida muhokamalarga sabab bo‘ldi. Stansiya bilan bog‘langan “Independent” nashri muxbiri telefon orqali jumladan quyidagilarni aytib boshlovchining kulgisini keltirdi.

“Butun O‘zbekiston ustimizdan kulyapti. Markaziy Osiyodagi yagona – Toshkent Samarqand yo‘nalishida qatnovchi tezyurar poyezd, havo harorati allaqachon 33 darajaga yetgan bo‘lsada… harakatlanishni davom ettirayapti.

Saudiya Arabistonida esa Makkadan Madinaga eltuvchi, soatiga 190 chaqirimni bosib o‘tadigan (tezligi taxminan 305 km/s) poyezd uchun temiryo‘l yotqizilyapti. U yerda ham ob-havo Yangi Maldendan ancha issiq”, dedi u.

Hozircha Britaniyaning temir yo‘llarida poyezdlarga peshinda tezligini ko‘pi bilan 64 km/soatgacha oshirishga ruxsat berilgan.