Hech qachon urushda qatnashmagan davlatlar
Rostdan ham, dunyoda hech qachon jangga kirmagandavlatlar bor. To‘g‘rirog‘i, ular hech qachon urushni boshdan kechirmaslikka erisha olgan. Bugun ular haqida so‘z yuritiladi.
Eng tinchliksevar davlatlar ro‘yxatini Islandiya ochadi. Ming yillik yoshiga qaramay, davlat faqat 1944 yilda mustaqillikka erishgan. O‘shandan beri mamlakatning armiya, dengiz floti yoki havo kuchlari bo‘lmagan. Islandiyadagi yagona qurolli kuch - bu harbiy qirg‘oq soqchilari. Hech qachon boshqa davlatga qarshi urushmagan yoki urush e’lon qilmagan Islandiya bugungi kunda dunyodagi eng xavfsiz mamlakat hisoblanadi.
Chexiya
1993 yilda Chexoslovakiya Chexiya va Slovakiyaga bo‘lindi. Har ikki davlat mustaqil bo‘ldi.Barqaror iqtisodiyotga ega Chexiyaningtinchlikparvar mashqlarda muntazam qatnashadigan armiyasi mavjud bo‘lsa-da, bu yerda hech kim jang qilmoqchi emas.
Seyshel orollari
Afrika qirqoqlari yaqinida joylashgan 115 ta oroldan iborat guruh - Seyshel orollari 1976yilda mustaqillikka erishgan va o‘shandan beri garchi jiddiy sabablar bo‘lsa-da, harbiy mojarolarda qatnashmay keladi. Respublikada“hammayoq tinchlik” deb aytib bo‘lmaydi: Seyshel orollari brakonyerlar va qaroqchilikdan aziyat chekmoqda, buning natijasida har yili YaIM 4 foizga kamayib bormoqda.
Vatikan
Kichkinagina davlat 1926 yilda paydo bo‘lgan. Mamlakat Italiyaning markazida joylashganligi sababli, Vatikan Italiya himoyasida. Shunga qaramay, Vatikanda Rim papasi va mamlakat aholisi xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan -"Shveysariya gvardiyasi" harbiy qismi mavjud.
Kosta-Rika
XX asrning o‘rtalarida sodir bo‘lgan Kosta-Rikaliklar ishtirok etgan so‘nggi mojaro 2 ming kishining hayotiga zomin bo‘ldi. O‘shandan beri o‘zining qattiq fe’l-atvori bilan ajralib turadigan Kosta-Rika xalqi mamlakat Konstitusiyasida qayd etilganidek, harbiy harakatlarda qatnashmaydi.
Lixtenshteyn
1868 yilda armiyani asossiz saqlash qimmatga tushishini payqagan Lixtenshteyn hukumati hech kim bilan jang qilmaslikka qaror qildi vaharbiylar o‘z uylariga yuborildi. O‘shandan beriurush harakatlari hatto mamlakat chegaralariga yaqin joyda sodir bo‘lgan bo‘lsa ham, Lixtenshteyn aholisi mojarolarda qatnashmagan.
Shveysariya
Eng tinch davlatlar ro‘yxatining yetakchisi albatta Shveysariya hisoblanadi. Mamlakat 1815 yildan beri mutlaqo neytral hisoblanib, hatto o‘zining chegaralari yaqinida bo‘lib o‘tayotgan urushlarga qo‘shin yubormaydi. Davlat ishtirok etgan so‘nggi qurolli to‘qnashuv XIX-asrning o‘rtalarida sodir bo‘lgan Zondeburg fuqarolar urushi edi. Shveysariyaliklar betarafligi va tinchliksevarligiga qaramay, dunyoda qurollar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda: bu davlatda har 100 kishiga 29 ta qurol to‘g‘ri keladi. O‘zining bu ko‘rsatkichi bilan davlat Yaman va AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.