Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bu usullarda til o‘rganish oson

Birinchi navbatda har bir dars ular uchun unutilmas o‘tishi zarurligini unutmang. Kichik yoshdagi bolalar juda faol bo‘lishadi. Ular rasm chizishni, qo‘shiq kuylashni, raqsga tushishni yaxshi ko‘rishadi. Bolalarni bir joyda uzoq vaqt ushlab o‘tirish mushkul. Bolaning faolligidan samarali foydalaning. 
Ingliz tilidagi animatsion filmlarda keltirilgan dialoglarni o‘zbek tiliga bolalar bilan birgalikda tarjima qiling. Bu bolaning lug‘at boyligini oshiribgina qolmay, ularda tarjima ko‘nikmalarining shakllanishiga yordam beradi, ingliz tili fonetikasi to‘g‘risida tushuncha hosil qilishda ko‘maklashadi. 
Ingliz tilidagi qo‘shiqlar matnini birgalikda tahlil qiling. Barcha bolalarga birdek manzur bo‘lgan qo‘shiqlarni, qo‘shiqlar fonogrammasi va matniga ega bo‘lgan holda ijro eting. Bunda musiqiy savodxonlikka ega bo‘lish shart emas. Animatsion filmlardagi qo‘shiqlarni bolalar sevib tinglashadi va ijro etishadi. Bu usul o‘quv jarayonining yanada qiziq kechishi, bolaning ijodkorlik salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

To‘linoy NORMO‘MINOVA,
SamDU talabasi.