Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun Samarqandda

 “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi” mavzusida xalqaro konferensiya hamda “Sharq taronalari” o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi.

Mazkur tadbirlarda BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO) Bosh direktori Odri Azule xonim ishtirok etadi.

Shuningdek, bugun Samarqandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashrifi kutilmoqda.