Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun Samarqandda viloyatida 26 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi

Tuzalganlarning barchasi Samarqandan viloyatidan (Samarqand shahri, Toyloq va Oqdaryo tumanlaridan 7 nafardan, Ishtihon va Payariq tumanlaridan 2 nafardan, Samarqand tumanidan 1 nafari) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 8 nafari erkak, 18 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 63 yoshda, yoshi kichigi esa 11 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 103 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 129 nafarga yetdi.

Shunday qilib, yurtimizda bugun kunning birinchi yarmida jami 60 nafar bemor tuzalib, ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2136 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.