Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Charli Chaplin meksikalik “Charli Aplin” bilan nimani talashgan?

Uning ijodi unutilmas sahnalar va qahramonlarga, hayoti esa yuksak parvoz hamda janjallarga boy kechgan.

Chaplin iste’dodli va ko‘p qirrali rassom sifatida tanilgan va tarixda o‘zining filmlarida rol o‘ynagan kinokameraning ikki tomonida ishlagan birinchi kinoaktyor-mualliflardan biri edi.

Uning “Kichkina daydivoy” ommabop qahramonining qiyofasidagi obrazi kamon shlyapa, katta poyabzal, yirtilgan shim, qamish mo‘ylovdan iborat edi. Ushbu presonaj Chaplinni kino rivojlanishining dastlabki davridagi va undan keyingi davrning mutlaq yulduzi darajasiga ko‘tardi.

1916 yilda meksikalik aktyor Charlz Amador Charli Aplin taxallusini olib, Charli Chaplinning mashhur qahramoni “Kichkina daydivoy” rolini o‘ynab, ikkita kinokomediya ishlandi.

Chaplin uni sudga berdi. Da’volashuv o‘n yilgacha cho‘zildi. “Taqlidchi aynan bir xil botinka, shim, kostyum, shlyapa kiyib, menikidek mo‘ylov ham yopishtirgan. Hatto o‘zim ham farqlay olmadim, bu yerda kim turganligini. Menmi yoki Amador?” dedi Chaplin sudyaga.

Meksikalik aktyorning himoyachi advokatlari “Kichkina daydivoy” obrazidagi tafsilotlardan teatr aktyorlari Chaplindan ancha oldin foydalanib kelayotganligini, shu sababli Amador ham ekranda tor pidjak va katta poyabzal kiyish huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida himoya chizig‘ini  qo‘yishdi. Lekin Chaplin ushbu rekvizitlarning barini birinchi bo‘lib u yig‘ib olganini va ekranga birinchi bo‘lib olib chiqqanini aytdi.

1925 yilda AQSh Oliy sudi Amadorning harakatlarida firibgarlik alomatlarining ko‘rishini aytib, Charli Chaplin foydasiga qaror chiqardi. Sud Chaplin “Kichkina daydivoy” obrazini birinchi bo‘lib kinoekranda mujassamlantirganini hisobga oldi va Amadorga Charli Aplin obrazini filmlarida foydalanish va chiqargan kartinalarini namoyish etishni ta’qiqladi. Charli Chaplin keyingi kartinalarida “Kichkina daydivoy” obrazidan faqat o‘zi foydalanish huquqiga ega bo‘ldi.

Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.