Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dastlabki guruh o‘zbekistonlik hojilar hajdan kelishdi (foto)

18 avgust kuni dastlabki guruh o‘zbekistonlik hojilar ona-Vatanga yetib keldilar. Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelgan yurtdoshlarimizning barchalari sog‘-salomat. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hojilarmiz Makka va Madina shaharlarida bo‘lib, haj amallarini mukammal ado etishdi. Ibodatlar chog‘ida hojilar bugungi saodatli kunlar uchun shukronalar aytib, Yaratgandan yurtimizga qut-baraka, xalqimizga baxt-saodat, ertangi umidimiz bo‘lgan farzandlarimizga nurli kelajak so‘rab duolar qildilar.
O‘zbekistonlik hojilarimizning Vatanga qaytishlari shu yil 18 avgustdan 1 sentyabrgacha davom etadi.
Yurtimiz hojilarini haj amallarini mukammal ado etganlari bilan muborakbod etamiz. Barchalarining hajlari mabrur aylashini Yaratgandan so‘raymiz.