Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Dinamo” bosh murabbiyi Davron Fayziyev iste’foga chiqdi

Superliga doirasidagi ketma-ket sakkizta mag‘lubiyatdan keyin “Dinamo” klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi.

Bir yarim yil davomida “Dinamo” klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan Davron Fayziyev o‘z arizasiga binoan, lavozimidan ozod etildi.

“Dinamo” PFK hamkorliklik uchun Davron Oripovich Fayziyevga minnatdorchilik bildiradi va mutaxassisning keyingi murabbiylik faoliyatiga omad tilaydi.

“Dinamo” PFK rahbariyati ayni damda bosh murabbiy lavozimiga bir qator mutaxassislar bilan muzokara o‘tkazmoqda.

«Dinamo» PFK matbuot xizmati.