Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dunyoga yana bir dahshatli virus xavf solyaptimi?

AQShlik biolog olim Maykl Greger yer yuziga jonivordan insonga yuquvchi yangi xavfli virus — zoonozalar xavf solishi mumkinligini aytmoqda, deb yozadi bu haqda Lenta.ru.

Olimning fikricha, H5N1 virusining yangi tashuvchisi oddiy tovuq hisoblanadi. Nosteril parrandalar fabrika sharoitlarida yetishtirilayotgani sababli ularning go‘shtini iste’mol qilayotgan inson organizmi virusga chalinuvchan bo‘lib bormoqda. Shuning uchun tovuqlarni yirik fabrikalarda emas, balki uy sharoitida va yangi epidemiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun oz miqdorda yetishtirish kerak ekan.

Uning aytishicha, ko‘rshapalaklar COVID-19 tashuvchisi bo‘lgan va bu virus insonga Osiyo mamlakatlarida go‘shti tansiq taom hisoblanuvchi tangali chumolixo‘rdan yuqqan.

Yuqumli kasalliklar bo‘yicha ekspert professor Maykl Osterxolmning aytishicha, «tuxumdan chiqqan har bitta jo‘ja virus uchun yangi kasallik manbaidir. Shuning uchun Xitoydagi barcha tovuqlarni yo‘q qilish kerak».

Qayd etilishicha, sil va qizamiq kasalliklari echkilardan, chechak tuyadan, ko‘kyo‘tal cho‘chqadan, qorin tifi esa tovuqlardan kelib chiqqan. Bunday zoonozalar insonga kasal jonivorning go‘shti orqali yuqadi. Bu viruslar xavfsiz bo‘lsa-da, ularning mutatsiyalashishi inson immunotizimini zaiflashtirib, o‘limgacha olib kelishi mumkin.

Dilmurod TO‘XTAYeV tayyorladi.