Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ertadan "Afrosiyob" qatnovi boshlanadi

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 15 avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha qabul qilgan qaroriga asosan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan joriy yil 15 avgustdan boshlab mahalliy yo‘nalishlarda bosqichma-bosqich poyezdlar harakati qayta tiklanadi.

Jumladan:

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob poyezdlari “Toshkent – Samarqand – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida 2 ta, “Toshkent – Samarqand – Qarshi – Toshkent” yo‘nalishida 1 ta shuningdek, “Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘nalishida 2 ta yo‘lovchi  poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin.

Mahalliy yo‘nalishlarda avia qatnovlarni tiklash jarayoni ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xususan, “Uzbekistan airways” aviakompaniyasi tomonidan 15 avgust sanasidan e’tiboran “Toshkent – Nukus – Toshkent”, “Toshkent – Urganch – Toshkent” yo‘nalishida haftasiga uch marotabadan, “Toshkent – Termiz – Toshkent” yo‘nalishida esa haftasiga ikki marotabadan parvozlarni amalga oshirish boshlanadi.   

Yo‘lovchilardan poyezdlar va samolyotlar bortiga chiqishda, vokzal va aeroportlar hududida hamda yo‘l davomida sanitariya gigiyena qoidalariga doimiy ravishda qat’iy rioya qilishlari talab qilinadi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati.