Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Har bir bola qo‘lida va qalbida Vatan bayrog‘i

18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi tashabbusi Samarqand shahrida tadbir tashkil etildi.

Shaharning Ko‘ksaroy maydoniga kelgan bir guruh bolajonlar bu kunni o‘ziga xos tarzda qarshi olishdi. Bu tadbir jajji qalblarda ildiz ota boshlagan Vatanga bo‘lgan mehr tuyg‘usi yanada ortishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Bu tashabbusning o‘ziga xosligi shundaki, har bir bola qo‘lida Vatan bayrog‘i. Kiygan kiyimlari Davlatimiz bayrog‘ida aks etgan ranglarda. Ular maydonda jam bo‘lib, Vatan bayrog‘ini aks ettirdi.

Bu qutlug‘ kun munosabati bilan o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davom etadi.

Abduhoshim ZIYoDOV.