Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Harbiy ofitser va askarlarga kitoblar sovg‘a qilindi

Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi va Samarqand yosh ijodkorlar Kengashi bilan hamkorlikda Markaziy harbiy okrug qismlarida harbiy ofitser va askarlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda harbiy xizmatchilarga 50 ga yaqin badiiy adabiyot sovg‘a qilindi. Ayniqsa, ijodkor yoshlar va harbiylar bilan tashkil etilgan quvnoq kitob vektorinasi ajoyib ruhda o‘tdi.

Yig‘ilishda Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha kitobxonlik tadbirlari ham yuqori saviyada tashkil etildi.

- Harbiy akalarimni ko‘rib men ham harbiy bo‘laman deya ahd qildim. Kelajakda shu kabi tadbirlar yanada ko‘proq tashkil etiladi degan umiddaman, deydi - Rahmatullo Murodqulov.