25 ta murojaatdan 19 tasi aliment yuzasidan

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sur’at Jabbarov tomonidan Byuroning Paxtachi, Past Darg‘om, Narpay, Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limlarida aholi bilan sayyor qabul tadbiri o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida jami 25 nafar fuqarolar qabul qilinib, ushbu murojaatlarning 19 tasi aliment qarzini undirishga oid, 4 tasi qarz undirish masalalariga to‘g‘ri keldi. 

Shu bilan birga viloyatning olis hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida onlayn qabullar ham tashkil etilgan bo‘lib, Ishtixon tumandan 3 nafar, Toyloq tumanida 2 nafar, Jomboy va Nurobod tumanlaridan 1 nafardan, jami 8 nafar fuqarolarni onlayn tarzda joylardagi bo‘lim boshliqlari ishtirokida qabul qilinib, ularning muammolarini joyida hal etish yuzasidan bo‘lim boshliqlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Joylarda murojaatlarni ko‘rib chiqish yuzasidan qabullar davom etmoqda.