Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Taniqli jurnalist Abdurauf Qorjovov vafot etdi

Mohir publitsist, tajribali muxbir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Abdurauf Qorjovov 1956 yil 21 sentyabrda Payariq tumanida tug‘ilgan.

1981 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan. U ilk ish faoliyatini tuman gazetasida muxbirlikdan boshlagan. Keyinchalik “O‘zbekiston ovozi” (“Sovet O‘zbekistoni”) gazetasining Navoiy, Xorazm viloyatlaridagi o‘z muxbiri sifatida dolzarb mavzulardagi maqolalari, tanqidiy-tahliliy chiqishlari bilan jamoatchilik nazariga tushdi.

Abdurauf aka uzoq yillar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "Axborot" dasturida faoliyat yuritdi. Bu paytda o‘tkir mavzularda turkum ko‘rsatuvlar tayyorladi.

A.Qorjovov 2020 yildan buyon "Yangi O‘zbekiston" gazetasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Abdurauf Qorjovovning “Yo‘llar va manzillar”, “Tabiatning mo‘’jizaviy ehsonlari” kitoblari, hammualliflikdagi “Sahro bo‘m-bo‘sh emas”, “Yurt farzandlari”, “Xitoy O‘zbekistonliklar nigohida” kabi ocherklar to‘plamlari nashr etilgan.

"Zarafshon" va "Samarkandskiy vestnik" gazetalari tahririyati va Zarnews.uz sayti jamoasi marhum hamkasbimiz vafoti munosabati bilan oila a’zolariga hamdardlik izhor etadi.