Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ikki nafar samarqandlik IIB xodimi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida”dagi Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimizda jamoat xavfsizligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini takomillashtirish borasidagi alohida xizmatlari, shuningdek, sharafli burchini bajarish chog‘ida ko‘rsatgan mardlik va jasorat namunasi hamda yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh yurtdoshlarimiz mukofotlandi.

Mukofotlanganlar orasida samarqandliklar ham bor:

 

«Jasorat» medali bilan

Bokiyev Ravshan Oribjonovich (marhum) - Past Darg‘om tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

 

«Shuhrat» medali bilan

Jurakulov Bunyod Arzikulovich - Bulung‘ur tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i.