Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Imkoniyati cheklangan insonlar uchun bayram dasturxoni yozildi

Bugun Payariq tumani markazidagi "Yagona" bazmgohida 3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tadbir uyushtirildi va imkoniyati cheklangan insonlar uchun bayram dasturxoni yozildi.

Tadbirda tuman hokimligi, tuman "Nuroniy" va “Mahalla” jamg‘armalari, Xalq qabulxonasi, ma’naviyat, madaniyat bo‘limlari, tibbiyot birlashmasi, yoshlar ittifoqi tuman kengashi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda tuman hokimi D.Musinov so‘zga chiqib, nogironligi bor fuqarolar jamiyatda teng huquqliligi, ularning manfaatlari, qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va haqida gapirib, nogironligi bor fuqarolarga tuman hokimligi va hamkor tashkilotlar tomonidan 45 ta arava, 7 ta eshitish moslamasi, 4 ta hassa va 4 ta qo‘ltiqtayoq topshirildi.

Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan yangragan kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Payariq tumani hokimligi axborot xizmati.