Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Irodali insonlarga xos 10 xislat

  1. Nolish bilan vaqt o‘tkazmaydi. Irodasi mustahkam inson hech qachon qo‘lini qovushtirib, soatlab arzi hol qilmaydi. Chunki ular mas’uliyatni his qilishadi va hayotlarida o‘zlari bosh rol ijrochisi ekanligini anglashadi.
  2. O‘ziga-o‘zi hukmron. Boshqalarning ishlarini nazorat qilishmaydi va ularni atrofdagilar boshqarishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ayniqsa, ish borasida his-hayajonini tashqariga chiqarishmaydi, aql bilan yo‘l tutishadi.
  3. O‘zgarishlardan o‘zini olib qochmaydi. Chunki matonatlilar o‘zgarishlardan qo‘rqmaydi. O‘zgarishlar ilojsiz ishdek tuyulmaydi. Shuning uchun boshlagan ishlarini omadli yakunlashadi.
  4. Arzimas voqealar uchun kuyinmaydi. Ulardan hech qachon tiqilinch yo‘lda qolib ketgani yoki biror buyumini yo‘qotib qo‘ygani haqidagi shikoyatni eshitmaysiz. Diqqatlarini bir joyga to‘plab, vaziyatning yechimini izlashadi.
  5. Hammaga yoqishga urinmaydi. Sababi, u biladi, hammaning ko‘nglini birdek olib bo‘lmaydi. Va kimdir uni rad qilishidan qo‘rqmaydi. Ularga salbiy munosabatda bo‘lganlarga ham yaxshi gapirishda davom etib, xushmuomalalik bilan iltimoslarini amalga oshiradi.
  6. Tavakkal qilishdan cho‘chimaydi. To‘g‘ri, ular shoshqaloqlik bilan o‘ylamasdan qadam tashlashmaydi, ammo kerak paytda tavakkal qilishni ham bilishadi. Chunki, avvalo, aql tarozisida hammasini tortib ko‘rishadi.
  7. Hassasini bir marta yo‘qotadi. Ya’ni xatolaridan xulosa chiqarib, ikkinchi bor bunga yo‘l qo‘yishmaydi.
  8. O‘zgalarning yutug‘iga hasad qilmaydi. Va atrofdagilarni chin dildan qutlashadi. Bilishadiki, kimki mehnat qilsa, unga omad kulib boqadi.
  9. Omadsizlikka duch kelsa, ortga qaytmaydi. Har qanday mag‘lubiyatdan kishi o‘ziga nimadir olishi, dunyoqarashi o‘sishi mumkinligini bilishadi.
  10. Katta natijalarni kutishmaydi. Sababi, vaqt va kuchini aniq marra sari sarflab, natijani oldindan chamalashadi.