Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ishtixonlik nogironligi bo‘lgan shaxslarning 21 nafari uy-joy bilan ta’minlandi

Ishtixon tumanida 2017 yil nogironligi bo‘lgan shaxslarning 7 nafari uy-joy bilan ta’minlangan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich 2018 yilda 14 nafarga, 2019 yilda esa 21 nafarga yetdi.

- Nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish darajasi va sifati nogironligi bo‘lgan shaxslarning sog‘lomlashishida muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Olimjon Xo‘jamov. – Bugunga kelib Ishtixon tumanida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasi muntazam ta’minlanmoqda. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida nogironligi bo‘lgan shaxslarning 102 nafari bepul davolandi, 96 nafari 9 million 936 ming so‘mlik bepul dori-darmonlar bilan ta’minlandi. 256 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga maxsus uskunalar – aravacha, eshitish moslamalari, hassa-tayoq yetkazib berildi, 31 nafariga protez-ortopediya mahsuloti olish uchun yo‘llanma talonlari rasmiylashtirildi. Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironlardan 17 nafari yil davomida 39 million 525 ming so‘mlik 15 xil turdagi oziq-ovqat va gigiyena tovarlari yetkazib berildi. Ularning 140 nafariga 16 million 928 ming so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati.