Nogironligi bo‘lgan shaxslar doimo e’tiborda

Samarqand shahridagi yoshlar markazida 300 dan ortiq nogironligi bo‘lgan fuqarolar ishtirokida xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Samarqand shahar hokimi F.Rahimov mamlakatimizda mehrga muhtoj kishilarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik, aholining ehtiyojmand qatlamlarini manzilli ijtimoiy himoya qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani haqida so‘z yuritdi.

Tadbirda nogironligi bo‘lgan fuqarolarga 131 ta nogironlik aravachasi, 35 ta qo‘ltiqtayoq, 64 ta eshitish moslamasi, 64 ta hassa, 17 ta ko‘zi ojizlar hassasi hamda 3 ta bolalar oyoqlanishi uchun kerak bo‘lgan maxsus moslama (xodinok) berildi.

Ma’lumot o‘rnida: keyingi ikki yil davomida Samarqand shahar hokimligi tomonidan 25 ta nogiron, yolg‘iz keksalar va kam ta’minlangan oilalarning xonadoni ta’mirlandi. 83 nafar nogiron va kam ta’minlan fuqarolarga bepul uy-joy berildi. Shuningdek, 112 ta nogironlik aravachasi, 4 ta eshitish moslamasi, 36 ta hassa, dori-darmonlar va boshqa reabilitatsiya moslamalari topshirildi.