Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kanada sportchilarini Yaponiyaga jo‘natmaydi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax hozircha Yaponiyadagi Olimpiada o‘yinlarini qoldirish rejalashtirmayotganini bildirdi. Uning fikricha, musobaqalarning bekor qilinishi, bu minglab murabbiylar va 11 ming atletning orzularini yo‘qqa chiqarish, deganidir.

Lekin Bax inson hayoti hamma narsadan, xususan, to‘rt yillikning eng nufuzli sport anjumanidan ham ustunligini qayd etib, barcha ishtirokchilarning sog‘lig‘ini saqlashga katta e’tibor qaratilishini va shu orqali tashkilot virusga qarshi kurashishga o‘z hissasini qo‘shmoqchiligini aytdi.

Lekin Kanada bu masalada allaqachon qaror qabul qilib bo‘ldi. Ushbu mamlakat koronavirus pandemiyasi tufayli yozgi Olipimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashishdan voz kechdi.

Bu haqda mas’ul qo‘mitalar saytida e’lon qilindi. Xabarda aytilishicha, ushbu qarorni qabul qilish oson bo‘lmagan. «Kanada olimpiya va paralimpiya qo‘mitalari Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini o‘yinlarni zudlik bilan bir yilga kechiktirishga chaqiradi» deyiladi bayonotda.