Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nima gap, yana farzandingiz...mi?

Psixolog Toriq Habib farzand tarbiyasidagi muammolar yechimi haqida shunday deydi:

- Farzandingiz yolg‘on gapiryaptimi?

- Demak, siz uni qattiq nazorat ostiga olgansiz!

- Farzandingiz o‘ziga ishonmayaptimi?

- Demak, siz uni ruhlantirmas ekansiz!

- Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi?

- Demak, siz u bilan suhbatlashmas ekansiz!

- Farzandingiz o‘g‘rilik qilyaptimi?

- Demak, siz unga sovg‘a-salom bermayotgan ekansiz!

- Farzandingiz qo‘rqoqmi?

- Demak, siz uni ko‘p himoya qilarkansiz!

- Farzandingiz boshqalarni hurmat qilmayaptimi?

- Demak, siz uning yonida ovozingizni pasaytirmas ekansiz!

- Farzandingiz doim qovog‘i osilganmi?

- Demak, siz uni maqtamas ekansiz!

- Farzandingiz qizg‘anchiqmi?

- Demak, siz u bilan o‘zaro hamkorlik qilmas ekansiz!

- Farzandingiz boshqalarga nisbatan tajovuz qilyaptimi?

- Demak, siz unga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘larkansiz!

- Farzandingiz zaifmi?

- Demak, siz unga ko‘p do‘q-po‘pisa qilar ekansiz!

- Farzandingiz sizni qizg‘anyaptimi?

- Demak, siz unga nisbatan bee’tibor ekansiz!

- Farzandingiz sizni bezovta qilib, tinchingizni buzyaptimi?

- Demak, siz uni bag‘ringizga bosib, yuzlaridan o‘pmas ekansiz!

- Farzandingiz sizga bo‘ysunmayaptimi?

- Demak, siz undan ko‘p narsa talab qilarkansiz!

- Farzandingiz odamovi bo‘lib qolganmi?

- Demak, siz o‘zingiz bilan o‘zingiz ovora ekansiz!