Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodda bolalarning qarovsiz qoldirilishi oqibatida sodir bo‘lgan yong‘inlar soni oshgan

So‘nggi paytlarda uy-joylarda yosh bolalarning sho‘xligi bilan bog‘liq yong‘inlar soni oshib bormoqda. Bunga fuqarolarimizning uy-joylarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi, yosh farzandlarini nazoratsiz qoldirishi asosiy sabab bo‘lmoqda.

Xususan, joriy yilning 10 oyi davomida Nurobod tumani hududida 29 ta yong‘in sodir bo‘lgan. O‘tgan yilning shu davrida tilsiz yov bilan 37 ta ofat qayd etilgan.

Ta’kidlash lozimki, yong‘inlarning 14 tasi fuqarolarning yashash uylarida sodir bo‘lgan. O‘tgan yili aholi uy-joylarida 16 ta shunday ko‘ngilsizlik yuz bergan edi.

Bir qarashda olov bilan bog‘liq ofat soni kamaygandek. Ammo yosh bolalarning olov bilan o‘ynashi oqibatida sodir bo‘lgan yong‘inlar 2 taga ko‘paygan. Jumladan, joriy yil 23 sentyabr kuni Sariqul kishlog‘ida yosh bolalarning qarovsiz qoldirilishi tufayli og‘ilda yong‘in kelib chiqqan.

Bundan tashqari, 6 oktyabr kuni Oqsoy qishlog‘ida fuqaroga tegishli molxonada yong‘in sodir bo‘lishida ham yosh bolalarning qarovsiz qoldirilishi sabab bo‘lgan.

Orif JUMAYEV,

Nurobod tumani FVB YoXB boshlig‘i, leytenant.