Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi “OAVlarda millatlararo bag‘rikenglik va do‘stlikni, tinchlik va barqarorlikni keng targ‘ib etish” mavzusida Davlat grantlari ajratish uchun tanlov E’LON QILADI:

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha buyurtmanomalari qabul qilinadi:

- ajdodlar tomonidan to‘plangan tarixiy, madaniy meroslarni asrab-avaylash, uning o‘sib kelayotgan avlod tarbiyasida zarurligi borasidagi jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;

- milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirishga, etnik madaniy an’analarni asrab-avaylashga, xalq ijodiyotini qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish;

- O‘zbekistonda yashab kelayotgan turli millat va elatlarning azaliy milliy an’analari, urf-odatlari, udumlarini saqlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish;

- madaniy merosni saqlash, aholi o‘rtasida madaniy merosga bo‘lgan munosabatni yanada yuksaltirish, ularni kelajak avlodga bekamu ko‘st yetkazish va madaniy merosga bo‘lgan munosabatni shakllantirish borasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish;

- mamlakat madaniy-tarixiy merosini ommalashtirishga, tarixiy sayyohlik qadamjolarni tanitishga, ularning faoliyatini targ‘ib etishga qaratilgan OAV loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;

- milliy madaniy markazlar tomonidan mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi turli xildagi to‘plamlar, ijodiy ishlarni chop etishga, xalq ommasiga yetkazishda har tomonlama ko‘maklashish;

- O‘zbekistonning tinchlik va barqarorlikni, fuqarolar totuvligini ta’minlash sohasidagi yutuqlari, mamlakatdagi bag‘rikenglik tamoyillari, tarixiy va madaniy meros, aholining urf-odatlari, qadriyatlari to‘g‘risida axborot, tahliliy materiallar va yangiliklarni milliy va xorijiy OAVda keng yoritish;

- jamiyatda millatlararo totuvlikni mustahkamlash, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi turli millat va elatlar vakillarining o‘ziga xos milliy an’analari, urf-odatlari va marosimlarini saqlash hamda rivojlantirish bo‘yicha mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida xalqaro jamoatchilikni xabardor qilish;

- millatlararo do‘stlik va hamjihatlik, birdamlikni yanada mustahkamlash, konfessiyalararo totuvlikni ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish;

- milliy hunarmandchilik sohasida ustoz-murabbiylik an’analarini yanada rivojlantirish, keksa avlodning bilimi, tajribasi va mehnat salohiyatidan foydalanish, ularni hayotga tatbiq etishga ko‘maklashish;

- turizmning tarixiy-ilmiy, ekologik, faol, gastronomik va boshqa turlarini xorijiy auditoriya o‘rtasida ommalashtirish orqali O‘zbekistonning sayyohlik hamda madaniy-tarixiy jozibadorligini kuchaytirish;

- turizmni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadigan yangi madaniy sayyohlik yo‘nalishlarini tashkil etishga, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilishga, innovatsion texnologiyalarni jalb etishga ko‘maklashish.

Davlat granti tanlovida ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.
  2. www.fundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza.
  3. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Ustav (Nizomi) hamda guvohnomaning muhr bilan tasdiqlangan nusxasi.
  4. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.
  5. Manfaatdor davlat va yirik jamoat tashkilotlari bilan tuzilgan ijtimoiy sheriklik qo‘shma rejalari ilova qilinishi mumkin.

Bitta loyiha uchun davlat granti miqdori – 30 million so‘mgacha.

Hujjatlar 2019 yil 23 avgustdan 25 sentyabrgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar “Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi” nomiga: 100163, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 43-uy manziliga “O‘zbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 formatda) yuborilishi shart.

Hujjatlar namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.