Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘quvchini jazolayotgan o‘qituvchi mutloq aybdormi?

Ilgari faqat tanganing bir tomoni ko‘rilardi, ya’ni nizoli vaziyatda o‘qituvchilar mutloq aybdor, lekin «bolalarda ayb yo‘q» edi, deb yozmoqda xushnudbek. Bu safar kutilmaganda tanganing ikkinchi tomoniga ham e’tibor qaratilibdi. Ya’ni nizoli vaziyatda o‘quvchi va ularning ota-onalari javobgarlikka tortildi.

Videoni ko‘rib, o‘quvchining onasiga ming rahmatlar aytgim keldi. Poyiga ta’zim qilib, «shunaqa pozitsiyada bo‘lganingiz, shu fikrlarni jamoat oldida xijolat bo‘lmasdan, uyalmasdan ayta olganingiz uchun umringizdan baraka toping, farzandlaringizning rohatini ko‘ring» degim keldi.

Ularning siymosida xuddi o‘zimning ayajonimni ko‘rdim. Haliyam videodagi opamiz farzandiga ancha muloyim gapirar ekanlar. Vay-vay, agar shunaqa holatda men aybdor bo‘lib qolsam bormi, tasavvur qilishga ham qo‘rqaman.

Nima bo‘lsa ham, voqealar rivoji mana shunday yakunlanganidan xursandman. Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yoki.. Uyog‘ini bilasiz.

P/S: Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda sinfda maktab o‘quvchisini urgan o‘qituvchining videosi tarqalib, o‘zaro muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Hamma aybni o‘qituvchidan ko‘rayotgandi, sababi tasvirni ko‘rgan kishida shunday taassurot qoladi. Ammo, sud o‘quvchi va ularning ota-onalarini javobgarlikka tortibdi.