O‘z vaqtida amalga oshirilgan to‘lov tizim taraqqiyotiga xizmat qiladi

Hurmatli shahrimiz va viloyatimiz aholisi!

Shu kunlarda yurtimizda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Ayni paytda Samarqand viloyati “Suvoqava” DUKning 226,610 ta abonenti bo‘lib, jami 2069799 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi, 69 ming 175 ta aholi kanalizatsiya tarmoqlariga ulangan.

Shunday ekan, har bir xonadon sohibining o‘z vaqtida kommunal xizmatlar uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirishi yurtimiz istiqboliga xizmat qiladi.

Sizdan talabimiz, ichimlik suvi va oqava suv to‘lovlarini vaqtida to‘lab, shahrimiz va viloyatimiz ravnaqiga hissa qo‘shing!

Samarqand viloyati “Suvoqava” davlat unitar korxonasi.