Tuman hokimi va o‘rinbosarlari boshqa viloyatlarga rotatsiya qilinadi
- 09.12.2025 10:56
- 632
- O‘zbekiston
2026 yil 1 yanvardan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomiga kiritilgan 33 ta tuman va shaharda davlat organlari rahbarlari uchun yangi rotatsiya tizimi amalga kiritiladi.
Jumladan:
- Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman/shahar bo‘linma rahbarlari, shuningdek tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlari har 5 yilda — Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahri doirasida boshqa tumanga rotatsiya qilinadi;
- kimlar rotatsiya qilinishi Boshqaruv samaradorligi agentligining hrm.gov.uz elektron platformasi orqali aniqlanadi;
- yangi mansabga o‘tgan rahbarlar hududning iqtisodiy va ijtimoiy holati bo‘yicha intensiv o‘quv kurslaridan o‘tkaziladi;
- rotatsiya qilingan rahbarlarning faoliyati Agentlik tomonidan onlayn monitoring orqali kuzatib boriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
19 million dollarga sotilgan tanga
- Bugun, 15:47
- O'qing, qiziq!