Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston OTJ Osiyo chempionati chorak finalida BAAga qarshi o‘ynaydi

Tailand yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.

Bugundan musobaqada chorak final uchrashuvlari start oladi. Lyubinko Drulovich ustozligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bu bosqichda BAA termasi bilan bahs olib boradi. Uchrashuv ertaga, 19 yanvar kuni o‘tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:15 da start oladi.

Bugun “Rajamangala” stadioni anjumanlar zalida har ikki terma jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda Lyubinko Drulovich quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

– Bizni katta o‘yin kutyapti. O‘rtoqlik o‘yinida BAA juda kuchli harakat qilgan va g‘alaba qozongan. Raqibga nisbatan tiklanishga vaqtimiz ko‘proq edi. Biz orzuimiz sari intilishda davom etamiz. Niyat – Olimpiada o‘yinlari.

Bizda avvalgi turnirda ishtirok etgan 8 nafar futbolchi bor. Ularning tajribasi ko‘proq. Biroq bu safargi turnir Olimpiada uchun. Og‘ir bo‘lyapti o‘yinlar. Hammada motivatsiya yuqori. Chempionlikni himoya qilish oson emas. Biz albatta, eng yuqori maqsadlarni qo‘yganmiz.

Koreyaga qarshi o‘yindan keyin men aytgandimki, biz turnir yetakchilari bilan o‘ynadik va guruhdan chiqdik. Bu esa oson kechgani yo‘q. Biz bu safar kuchimizni to‘liq tiklashimizga ishonchim komil. BAAga qarshi uchrashuvgacha jismoniy holatimiz yaxshilanadi.

Hamkasbim fikriga to‘liq qo‘shilaman. Rostdan ham o‘yinlar juda keskin bo‘ldi. Bitta gol farq ko‘p uchrashuv masalasini hal qildi. Yaponiya, Eron, Iroq, Qatar kabi kuchlilar esa guruhda qiyinchilikka duch kelishdi. Ayni vaqtda turnirning 8 ta eng kuchli terma jamoasi qoldi. Buyog‘iga o‘yinlarni kichik detallar hal qilib qo‘yadi, dedi serbiyalik mutaxassis.