Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ozon qatlamining yemirilishiga inson sivilizatsiyasi sababchi

XXI asrga kelib Yer yuzining hali u yerida, hali bu yerida to‘fonlar, zilzilalar, toshqinlar yuz bera boshladi. Oqibatda 1985 yildan boshlab hayotimizga “ozon tuynugi”, “ozon qatlami”, “ozon - bu hayot”, degan tushunchalar kirib keldi. Inson sivilizatsiyasi aynan ozon qatlamining yemirilishiga olib kelayotgani, taraqqiyot tobora halokat yoqasiga yaqinlashayotganini tan olishga majbur bo‘lyapmiz.

BMT tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, 2050 yilga borib, Yer yuzi aholisi 9 milliard kishiga yetadi. Odamzot yeydi, ichadi, orzu qiladi, yaxshi sharoitlarni xohlaydi. Iste’mol talablari tobora ortib boraveradi. Sanoat, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda samaradorlikni, hosildorlikni, chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish  talab etiladi.

Xuddi shu jarayonlarda ozon yemiruvchi moddalarni kamaytirishga, bu jarayonni qat’iy nazoratga olishga erishsakkina, halokatlarni to‘xtatib qolish mumkin.

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida tashkil etilgan ilmiy seminarda xuddi shu masalalar muhokama etildi.

Anjuman “Atmosfera musaffoligini kelajak uchun saqlab qolaylik!” deb nomlanib, bu borada viloyatda, respublikamizda, qolaversa, butun dunyoda olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand shahridagi “Sino” zavodida ozon yemiruvchi moddalarning tevarak-atrofga tarqalishini qat’iy nazoratga olish va kamaytirish maqsadida 1,5 million dollar investitsiya kiritilgan.

Gulchehra BERDIYoROVA.