Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omdagi ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga shvetsariyalik mutaxassislar jalb etiladi

Shvetsariyaning SECO tashkiloti “HOLINGE” konsalting kompaniyasi ishchi guruhi hamda Samarqand viloyati “Suvoqava” davlat unitar korxonasi o‘rtasida Past Darg‘om tumanida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Shartnoma doirasida kadrlar malakasini oshirish, ko‘p yillik biznes-rejalar tuzish, buxgalteriya hisobi, moliyaviy va ekologik boshqaruvni, kartografiya ishlarini rivojlantirish, billing xizmatlarini rejalashtirish, suv inshootlaridan unumli foydalanish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish masalalarida kelishuvga erishildi.

Samarqand viloyati “Suvoqava” DUK axborot xizmati.