Murojaatdan so‘ng ko‘chadagi oqava tarmog‘i yangilandi
- 31.10.2019 16:29
- 94
- Samarqand
Samarqand shahridagi Amir Temur mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro T.Po‘latovning M.Umarov ko‘chasidagi oqava tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga yo‘llagan murojaati Samarqand viloyati “Suvoqava” DUK xodimlari tomonidan o‘rganildi.
Aniqlanishicha, mazkur nosozlik shu hududdan oqib o‘tuvchi “Chashma” arig‘ini tozalash-ta’mirlash ishlar olib borilayotgan jarayonda yuzaga kelgan. Ushbu nosozlikni bartaraf etish uchun Samarqand shahridagi M.Umarov ko‘chasidan Kulollar ko‘chasidagi markaziy oqava tarmog‘igacha, diametri 300 millimetr bo‘lgan 36 metrlik tarmoq yangilandi.
Hozirda mazkur ko‘chadagi oqava tarmog‘ining me’yorida ishlashi ta’minlandi.
Samarqand viloyati “Suvoqava” DUK axborot xizmati.