Diqqat! “Suvoqava” DUK Samarqand shahar filiali yana ogohlantiradi
- 02.05.2019 14:18
- 684
- Samarqand
Samarqand shahri aholisini suv bilan ta’minlovchi Dahbet suv inshootining elektr ta’minotida yuz bergan avariya holati tufayli Temir yo‘l hududining ayrim joylari - Gagarin, Rudakiy, Chuqur yo‘l, Al-Xorazmiy, Beruniy, Farhod, M.Ulug‘bek, Spitamen shoh ko‘chalarida ichimlik suvi ta’minotida uzilish kuzatiladi.
Avariya holati taxminan soat 16.00 lar atrofida bartaraf etiladi va suv berish boshlanadi. Ehtiyot choralarini ko‘rishingiz so‘raladi.
“Suvoqava” DUK matbuot xizmati.