Samarqand shahridagi ayrim hududlarda vaqtincha suv ta’minoti to‘xtatilishi ma’lum qilindi

“Samarqand suv ta’minoti” AJ xabariga ko‘ra, Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokidagi Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish loyihasi asosida shahardagi Bog‘dod ko‘chasida joylashgan nasos inshootida rekonstruksiya hamda Dahbed suv inshootini qish mavsumiga tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.

Shu bois quyidagi hududlar:

Qorasuv maskani, O‘zbekkenti, Motrid, Temiryo‘lchilar, Ipak Yo‘li, Baraka, Matonat, Maysazor mahallarida va Gagarin nomli, Islohot, Shota Rustaveli, Alisher Navoiy nomli, Bog‘dod, Bog‘ishamol, Farhod, Jar Ariq, Ibn Xoldun, Al-Forobiy nomli, Ziyokorlar, Paxtaobod, Rudakiy, Beruniy, Qozizoda Rumiy, Spitamenshoh, Mirzo Ulug‘bek, M.Haydarov, Al-Xorazmiy, G‘ulom Karimov nomli hamda ko‘rsatilgan manzillarga tutashgan hududlarda 11 noyabr soat 23:00 dan — 13 noyabr soat 23:00 gacha ichimlik suv ta’minoti to‘xtatiladi.