Ichimlik suvi eng qimmat va arzon bo‘lgan mamlakatlar nomi ochiqlandi
Dunyoning 77 davlatida 1,5 litr ichimlik suvi uchun bir AQSh dollaridan ko‘proq pul to‘lashga to‘g‘ri keladi, deya hisoblaydi mutaxassislar.
Eng qimmat ichimlik suvi Monakoda sotiladi. Yevropa knyazligi aholisi bir yarim litr (butillangan) suv uchun 5,8 dollar to‘lashga majbur.
Keyingi o‘rinlarda Antigua va Barbuda (2,59 dollar) va Markaziy Afrika Respublikasi (2,49 dollar) turadi.
Shuningdek, ichimlik suvi eng qimmat bo‘lgan 10 ta davlatga quyidagilar kiradi:
Barbados (1,5 litr uchun o‘rtacha 2,48 dollar)
Bagama orollari (1,5 litr uchun o‘rtacha 2,41 dollar)
Kosta-Rika (1,5 litr uchun o‘rtacha 2,35 dollar)
Grenada (1,5 litr uchun o‘rtacha 2,26 dollar)
AQSh (1,5 litr uchun o‘rtacha 2,19 dollar)
Eritreya (1,5 litr uchun o‘rtacha 2,14 dollar)
Islandiya (1,5 litr uchun o‘rtacha 2,04 dollar).
Ichimlik suvi narxi Rossiya, Xitoy va Belarusda taxminan bir xil bo‘lib, suvning bu hajmi o‘rtacha 0,55 dollarga to‘g‘ri keladi.
Dunyoda suv narxi eng maqbul bo‘lgan davlatlar qatoriga Misr (0,18 dollardi) va Liviya (0,24 dollar) kiradi.