“Suvoqava” xodimlariga “Yevropa standartlari darajasidagi mutaxassis” sertifikati topshirildi
Fransiyaning “Suez” kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan Samarqand viloyati “Suvoqava” DUK tizimidagi xodimlarning malakasini Yevropa standartlari darajasida oshirish maqsadida o‘tkazilgan o‘quv-seminar ishtirokchilariga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “Suez” kompaniyasi mutaxassisi Allon Tomsin tinglovchilarga mehnat muhofazasini ta’minlash, ish jarayonida kelib chiqadigan muammolarning oldini olish va bartaraf etish, mehnat samaradorligini oshirish, ishni GES kompyuter dasturi orqali boshqarish, suvni tortib beruvchi va uzatuvchi nasos stansiyalaridagi texnik xizmatlarni zamonaviy usullarda tashkil etish bo‘yicha “Yevropa standartlari darajasidagi mutaxassis” sertifikatini topshirdi.
Xorijlik mutaxassis xodimlarning o‘quv-seminarida o‘zlashtirgan yangicha bilim va tajribalarini sohadagi qator muammolarni hal etishda samarali qo‘llashiga ishonch bildirdi.
Samarqand viloyati “Suvoqava” DUK matbuot xizmati.