Ichimlik suvi ta’minoti va oqava xizmati bo‘yicha Samarqand aholisi tomonidan 2259 ta masala bildirilgan

Bugungi kunda aholi tomonidan ichimlik suvi ta’minoti va oqava xizmati bo‘yicha ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish maqsadida  “Suvoqava” DUK shahar va tuman filiallarida 24 ta avariyani bartaraf etish guruhlari, 78 ta ishchi xodimlar, 44 ta maxsus transport vositalari  mavjud.

Aholidan tushgan murojaatlar vakolat doirasida joylarga chiqib hal etilmoqda. Shuningdek, Samarqand viloyati hokimligi ko‘magida “Suvoqava“ DUK Samarqand shahar filialida yuzaga kelayotgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida 6 ta maxsus texnika (ekskavator) xarid qilindi.

Bugun sodir bo‘layotgan nosozliklar va avariya holatlarini o‘z vaqtida bartaraf etish doimiy nazoratga olingan. Markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti bo‘lmagan aholi punktlarida maxsus suv tashuvchi texnikalar ajratilgan bo‘lib, iste’molchilarga sifatli ichimlik suvi yetkazib berilmoqda. Ushbu hududlarni bosqichma-bosqich markazlashgan ichimlik  suvi bilan ta’minlash maqsadida davlat dasturi asosida yangi suv inshootlari qurilib, mavjudlari qayta ta’mirlanmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha aholidan 2259 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, bildirilgan masalalarning 2146 tasiga ijobiy yechim topildi. Muhlat talab etiladigan 113 ta masala ayni paytda o‘rganib chiqilmoqda. Oqava xizmati bo‘yicha bildirilgan 359 ta murojaatning 351 tasi hal etilib, 8 tasi o‘rganilmoqda.

Komiljon YuSUPOV,

Samarqand viloyati “Suvoqava” DUK direktori.