Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Paxtachilik firibgarlar elektr energiyasi iste’moli uchun yig‘ilgan pullarni o‘z ehtiyojiga sarflagan

Paxtachi tumani Chashma mahallasidagi 14 ta xonadon egalari xo‘jalikda ishlatish maqsadida yer osti suvi chiqarish uchun quvvati 9,2 kVt/s bo‘lgan suv nasosi va unga tegishli tartibda hisoblagich o‘rnatib, ushbu nasos iste’mol qilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni yig‘ish va tuman elektr tarmoqlari korxonasi g‘aznasiga topshirib borish vazifasini mahalladoshlari A.X.ning zimmasiga yuklaganlar.

Lekin fuqaro A.X. mahalla fuqarolari tomonidan o‘ziga bildirilgan ishonchni suiiste’mol qilib, tuman elektr tarmoqlari korxonasi sobiq xodimi Z.T. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, mahalladoshlaridan suv nasosi iste’mol qilgan elektr energiyasi uchun 2018 yil may-sentyabr oylari va 2019 yil may-avgust oylari davomida yig‘ib olingan 8 million 200 ming so‘m pullarni tuman elektr tarmoqlari g‘aznasiga topshirmasdan, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Paxtachi tumani bo‘limi tomonidan fuqarolar A.X. va Z.T.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman prokuraturasiga yuborildi.

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.