Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Prezident: Oliy ta’limda davlat granti bo‘yicha o‘qitish kengaytiriladi

Oliy Majlis Senatining birinchi yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim tizimi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Mamlakatning taraqqiyoti va ertangi kuni bevosita kadrlarga bog‘liqdir. Shu maqsadda oliy ma’lumotli kadrlarni ko‘paytirish maqsadida yangi oliy o‘quv yurtlari, xalqaro ta’lim muassasalari filiallari ochildi.

Oliy ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan zarur huquqiy baza yaratildi. Lekin ularning ijrosini ta’minlash talab darajasida emas.

Samarqand davlat universiteti rektori, senator R.Xolmurodov ham bu fikrni tasdiqladi:

“Davlatimiz rahbari kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash maqsadida oliy ta’limda davlat granti asosida o‘qitish kengaytiriladi, deb qayd etdi rektor. Biz yangi-yangi oliygohlar qurishimiz, ishga tushirishimiz mumkin. Biroq ularda ta’lim beradigan malakali domlalar yetishmaydi. Asosiy muammo shunda”.

Majlisda tizimdagi muammolar yechimiga e’tibor qaratish, buning uchun tizimli ish olib borish bo‘yicha qilinadigan ishlar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

O‘zA.