Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qalin qor yog‘ishi gaz quvurlarini ham shikastladi. “Avariya” holatlari bartaraf etilmoqda

Kechagi qalin qor tufayli viloyatimiz hududida bir qancha daraxtlarning sinib yiqilishi ba’zi joylarda tabiiy gaz quvurlarining shikastlanishiga olib keldi.

Oqibatda gaz quvurlariga zara yetgan hududlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi.

“Hududgaz Samarqand” MChJ mas’ullari ishchi-xodimlari tomonidan kechayu-kunduz ushbu “avariya” holatlarini tezkor bartaraf etish ishlari amalga oshirilib, iste’molchilarga tabiiy gaz ta’minoti qaytadan tiklanmoqda.

Hozirgi vaqtda Samarqand shahridagi Devori Ko‘ndalang mahallasiga tabiiy gaz yetkazib beruvchi D-100 mm.li, Bunyodkor mahallasidagi D-100 mm.li bo‘lgan gaz quvurlari va Cho‘ponota hamda Bahor mahallalarini ta’minlovchi gaz quvurlarini ta’mirlash-montaj ishlari amalga oshirilmoqda va qisqa vaqt mobaynida iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda.

Nurobod tumanidagi Sharq Yulduzi, Mustaqillik va Navro‘z mahallalari hamda boshqa tumanlarda ham shikastlangan tabiiy gaz quvurlarini ta’mirlash-montaj ishlari ma’sul xodimlarimiz tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ushbu vaqtinchalik tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatilgan hududlardagi iste’molchilardan gaz uskunalaridagi jo‘mraklarni yopib qo‘yishlaringizni eslatib o‘tamiz.

Samarqand viloyati hududlarida tabiiy gaz quvurlari shikastlangan yoki gaz sizib chiqish holatlari aniqlanganda xafsizlik choralarini ko‘rib, “Hududgaz Samarqand” MChJning dispetcherlik xizmatiga 104 yoki (66) 210-04-72 hamda “Call Centre” xizmatiga (66) 239-78-02 yoki (66) 239-78-27 telefon raqamlari orqali xabar berishlaringizni so‘raymiz.

“Hududgaz Samarqand” MChJ ma’muriyati.