Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Qamchiq» dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Shu yilning 16 fevral kuni «Qamchiq» dovonida harakatlangan «MAN» rusumli yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib ag‘darilib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, YTH oqibatida haydovchining o‘ng oyoq qismi qisilib qolgan. Hodisa yuzasidan navbatchilar boshchiligidagi qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va jarohatlangan fuqaroni chiqarib olishgan. Qutqaruvchilar tomonidan birinchi tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilib, «Rezak» tez tibbiy yordam xodimlari orqali Pop tumani markaziy shifoxonasiga olib borilgan. O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida haydovchining hayoti saqlab qolindi, deyiladi FVV xabarida.

Shuningdek, yo‘l-transport hodisasi oqibatini bartaraf etish va xavfsiz harakatni ta’minlash maqsadida «Qamchiq» dovonidagi favqulodda vaziyatlar davlat tizimi fuqaro muhofazasi xizmatlaridan 18 nafar xodim, 5 ta maxsus texnika jalb etildi.