Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qirg‘izistonda yangi parlament saylovlari o‘tkazilish sanasi ma’lum bo‘ldi

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi yangi parlament saylovlari o‘tkazish sanasini joriy yilning 20 dekabr kuniga belgiladi. Bu haqda 21 oktyabr kuni RIA Novosti nashriga komissiya vakili ma’lum qildi.

“Markaziy saylov komissiyasi bir ovozdan yangi parlament saylovlari 20 dekabr kuni o‘tkazilishini tasdiqladi”, dedi komissiya vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 21 oktyabrdan boshlab saylovlarga tayyorgarlik boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tkazilgan navbatdagi palament saylovlaridan so‘ng 5 oktyabr kuni Qirg‘izistonda ommaviy tartibsizliklar boshlandi. Oradan bir muddat vaqt o‘tib, mamlakat markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini bekor qildi.