Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘mita raisi o‘rinbosari talabalarga dars o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Akbarov Samarqand veterinariya meditsinasi instituti talabalariga dars o‘tdi.

Darsda veterinariya sohasining insoniyatga foydasi, xalqaro me’yorlarga moslashish talablari xususida so‘z yuritildi.

- Yevropada veterinar bo‘lish oson, - dedi A.Akbarov. - Bizning esa hayot tarzimiz odatlarimiz, mentalitetimiz ulardan farq qiladi. Shu bois hukumat tomonidan amaliyotga tatbiq etilayotgan uy hayvonlarini hujjatlashtirish talablari yurtdoshlarimiz tomonidan jiddiy qabul qilinmayapti.

Gulchehra BERDIYoROVA.