Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shrabotda bir kunda 61 ta nikoh qayd etildi

Karantin talablari yumshatilishi bilan tuman FHDYo bo‘limi oila qurish istagida bo‘lgan yoshlar bilan gavjum bo‘lmoqda. Birgina 18 avgust kuni bo‘lim  tomonidan 61 ta nikohdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar o‘z egalariga taqdim etildi. 9 ta tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma 9 oilaga quvonch bag‘ishlagan bo‘lsa, afsuski shu kuni bir ajrim va ikkita o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomalar ham rasmiylashtirildi.

FHDYo xodimlari tomonidan fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda pandemiyani tarqalishining oldini olish bo‘yicha kerakli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Belgilangan maxsus tartib qoidalarga asosan ariza va murojaatlar ko‘rib chiqilmoqda.   

Dilnoza HASANOVA.