Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rahbarlarga haftada kamida bir marta ishga xizmat avtomobilisiz kelib-ketish tavsiya etildi

“Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (735-son, 19.11.2020 yil) qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

Qarorga ko‘ra, maktablar kamida bitta sport turiga ixtisoslashtiriladi va ularda har oyda kamida bitta sport turi bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkaziladi.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:

• ekstremal sport va sport turizmi bo‘yicha kadrlar tayyorlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida alohida kafedra ochiladi;

• “Sport tadbirlarini sharhlovchi”, “Yirik sport tadbirlarini tashkillashtirish (promouter)” hamda “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish” bo‘yicha magistratura mutaxassisliklariga qabul boshlanadi.

2020 yil 1 dekabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimlar va o‘rinbosarlariga “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida haftada kamida bir marta avtomobillardan foydalanmagan holda ishga kelishi va ketish tavsiya etildi;

2021 yildan boshlab 22 sentyabr kuni respublika bo‘yicha “Avtomobilsiz kun” sifatida e’lon qilindi.

2021 yil 1 aprelga qadar mahallalar, qishloqlar, tumanlar, shaharlardagi piyoda va velosipedda yurish uchun mo‘ljallangan “Salomatlik yo‘laklari” tashkil etiladi. Mazkur yo‘laklarda avtomobil qo‘yishni taqiqlovchi belgilar  va yo‘laklarning boshlanish qismiga maxsus to‘siqlar o‘rnatiladi.