Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiyada "Ravon" avtomobillari narxi keskin tushib ketdi

Rossiyada "Ravon" avtomobillari narxi keskin tushib ketdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sayti xabar qildi.

Avtomobillar narxi salkam 1000 dollarga arzonladi. Oldin 646 ming rubl bo‘lgan “Ravon R2”ni endilikda 586 ming rublga sotib olsa bo‘ladi. “Ravon R3 Nexia” 670 ming rubldan 550 mingga tushdi. Avval 678 ming bo‘lgan “Ravon R4” esa 603 ming rubl bahosida sotilmoqda.

Tahmin qilinishicha, mashinalar narxi ular sotilmayotganligi uchun tushib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, "Ravon" avtomobillari Rossiya bozoridan 2018 yil may oyida chiqib ketib, shu yil avgust oyida qaytgan edi.