“O‘zavtosanoat” AJ davlat kompaniyalari orasida “2019 yilning eng yaxshi ish beruvchisi” deb topildi
- 10.10.2019 15:03
- 67
- Iqtisodiyot
“Eng yaxshi ish beruvchi – 2019” IV yillik tanlovida davlat kompaniyalari orasidagi “2019 yilning eng yaxshi ish beruvchisi” sovrini “O‘zavtosanoat” AJga topshirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
“Talabalar orasida eng talabgir ish beruvchi” sovriniga davlat kompaniyalari orasida UzAuto Motors kompaniyasi sazovor bo‘ldi.
Mazkur tanlov DaVinci Management Consulting kompaniyasi tomonidan har yili o‘tkazilib, davlat, mahalliy va xalqaro kompaniyalarga ularning O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlaydi.
“O‘zavtosanoat” AJ 85 dan ortiq korxonani o‘z ichiga oladi. Ulardagi ishlab chiqarish jarayonlarida 27 ming nafardan ziyod ishchi faoliyat yuritadi.