UzAuto Motorsdan aksiya davom etmoqda: Modellar imtiyozli shartlarda

UzAuto Motors 40 foizlik birlamchi to‘lov bilan 36 oygacha muddatga muddatli to‘lovga avtomobillarni taklif etadi. Muddatli to‘lov va birlamchi badal miqdori tanlangan modelga bog‘liq.

Joriy yil 15 avgustga qadar siz quyidagi shartlarda taqdim etilgan avtomobil modellarini xarid qilishingiz mumkin:

➖ Lacetti AT – oyiga 2,8 mln. so‘mdan, 12 oy davomida muddatli to‘lov 

➖ Cobalt AT – oyiga 2,8 mln. so‘mdan, 24 oygacha muddatli to‘lov

➖ Nexia AT – oyiga 2,6 mln. so‘mdan, 24 oygacha muddatli to‘lov

➖ Malibu 1,5/2 – oyiga 4,3 mln. so‘mdan, 18 oy davomida muddatli to‘lov

➖ Tracker MT/AT – oyiga 3,8 mln. so‘mdan, 36 oygacha muddatli to‘lov

➖ Trailblazer – oyiga 4,9 mln. so‘mdan, 36 oygacha muddatli to‘lov

Muddatli to‘lovni UzAuto Motors rasmiy dilerlik markazlarida minimal hujjatlar paketi bilan rasmiylashtirish mumkin. Sizdan faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti va STIR talab etiladi, xolos.

Tafsilotlar qiziqtiradimi? Kompaniyaning o‘zingizga yaqin dileriga yoki quyidagi raqam orqali call-markazga murojaat qiling: +998 78 141-77-77.

Eslatib o‘tamiz, muddatli to‘lov tufayli aksiya doirasida avtomobillarning narxi amaldagi narxlardan farqlanishi mumkin.

Imkoniyatni boy bermang – taklif 2020 yil 15 avgustgacha (shu sana ham kiradi) amal qiladi.