“NEXIA R3” eng xaridorgir modelga aylandi
- 14.02.2020 15:18
- 356
- O‘zbekiston
Qozog‘istonda eng ko‘p sotilayotgan avtomashinalar Top-10ligida “Nexia R3” birinchi pog‘onada qayd etildi. Yanvar oyida ushbu mamlakatda 449 ta shu modeldagi mashina sotildi. Bu haqda UZAUTO MOTORS matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2020 yilning yanvar oyida Qozog‘istonning avtomobil bozorida sotuvlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda “Ravon” brendi ostida avtomobillar savdosi 2019 yilning martidan qayta tiklandi. O‘tgan yil davomida Qozog‘istonda 3536 ta “Ravon Nexia R3” avtomobili sotilgan. Shu bilan birga, 2019 yil sentyabr-oktyabr oylarida “Nexia” mamlakatdagi eng ko‘p sotilgan uchta mashinadan biri edi va yangi yilda u sotuv peshqadamiga aylandi.
Teglar:
UzAuto
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!