Toshkent-Minsk avtopoygasi start oldi

Bugun UzAuto Motors Service & Trade-In Center maydonidan Ravon R2, R3 hamda R4 avtomobillarida Toshkent-Minsk avtopoygasi start oldi.

Poyganing 4 000 kilometrlik yo‘nalishi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va Belorus hududidan o‘tadi. Avtopoygadan ko‘zlangan maqsad iste’molchilar bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatish va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar ishonchliligini ko‘rsatishdir.

Belorussiyalik OAV vakillari O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Asaka avtomobil zavodiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishtirildi.

Ular ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida zavod rahbariyati O‘zbekistondagi avtomobilsozlik sohasining muhim jihatlari haqida so‘zlab berdi.

Avtopoygada beloruslik jurnalistlar va ularning suratga olish guruhi qatnashadi. Ular mazkur poygalardan reportajlar tayyorlab boradi. Avtopoyga vaqtida tayyorlangan materiallar Belorus Respublikasining asosiy internet-portali – Tut.by, Onliner.by, Av.by, Abw.by da chop etiladi.

Avtopoyga tashkilotchisi UzAuto Motors kompaniyasi.