Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi OAV bilan hamkorlikda yangilikka qo‘l urdi

"Zarafshon" gazetasi hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida o‘ziga xos tashabbusga qo‘l urildi.

Endilikda "Zarafshon" gazetasi orqali «Maktab hayoti» deb nomlangan maxsus sahifalarni lotin alifbosida o‘qib borishingiz mumkin. Unda o‘qituvchi obro‘si, dars o‘tish mahorati, o‘zaro tajribalar, muallimlarning yutuq va muammolari, yechim va takliflariga doir maqolalar, sohadagi islohotlarga oid yangiliklar yoritib boriladi.

Maxsus sahifalar har oyda bir bor “Zarafshon” gazetasida chop etiladi.